Tojikiston poytaxti Duşanbeda noma'lumlar blokpostni öqqa tutişi oqibatida bir nafar militsiya xodimi halok böldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

“Mahalliy vaqt bilan taxminan 17.50da noma'lum qurollangan şaxslar guruhi Duşanbe şarqidagi, şaharga Vaxdat tomondan kiraverişdagi militsiya blokpostini öqqa tutdi”, deb xabar berdi Tojikiston Içki işlar vazirligidagi manba.

Ma'lum qilinişiça, hujum oqibatida bir nafar militsioner halok bölgan, bir neça nafari jarohat olgan.