Joriy yilning mart oyidan sentabr oyigaça Tunisda terrorçilik taşkilotlariga aloqadorlikda gumon qilinib 158 kişi qölga olindi. Bu haqda Tunis Içki işlar vazirligi bergan xabarda aytilmoqda.
Tunisdagi vaziyat hanuzgaça tang bölib qolmoqda. 2015 yilda ekstremistlar mamlakatda katta şov-şuvlarga sabab bölgan teraktlarni amalga oşirdilar.
18 mart kuni jangarilar mamlakat poytaxti Tunis şahridagi Bardo muzeyini qölga olib, u yerda sayyohlarga öq uza boşlaşgan. Ularning bu qabihliklari tufayli 20 dan ortiq kişi halok bölgan edi.
26 iyunda Susi kurort şahrida Tunis tarixidagi eng yirik terakt amalga oşirildi. Radikal islomçi sayyoh körinişida “Riu imperial marxaba” mehmonxonasi hududiga kirib, plyajda dam olayotgan sayyohlarni avtomatdan öqqa tutgan. Oqibatda 38 kişi halok bölgan, yana 40 kişi yaralangan edi.
Ikkala terakt uçun ham javobgarlikni “IŞID” terrorçilik guruhi öz zimmasiga olgan.
4 iyuldan mamlakatda favqulodda vaziyat tartibi amal qilib keladi.