Ukrainaning Donetsk viloyatida qarindoşlar örtasidagi ixtilof granata portlaşi bilan yakunlandi. Bu haqda Donetsk viloyat IIBB sayti orqali xabar qilindi.
Voqea natijasida 3 kişi jarohatlandi.
“Portlaş çoğida xonada 3 kişi bor edi. Oilaviy juftlik qarindoşlarinikiga mehmonga kelgan edi. Mezbon ayolning ukasi edi. Erkaklar örtasida kelişmovçilik yuzaga kelib, bu janjal RGD granatasining portlaşi bilan yakunlandi. Voqea örganilmoqda”, - deyiladi matbuot xizmati xabarnomasida.
Jarohatlanganlar şifoxonaga yotqizildi. Voqea yuzasidan jinoiy iş qözğatildi.






