Jahon çempionati-2018 ikkinçi saralaş bosqiçi 4-tur öyinlari doirasidagi Filippin – Özbekiston uçraşuvi oldidan matbuot anjumani taşkil etildi. Unda dastlab Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan hamda terma jamoa yarim himoyaçisi Server Jyeparov iştirok etişdi. Bu haqda Özbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
“Hozir şunday holatdamizki, biz uçun har bir uçraşuv — eng muhim öyin. Çunki turnir jadvalida hozirgi vaqtda 3-örinni egallab turibmiz. Hozir eng muhimi — öyinimizni kuçaytirib oliş. Çunki jamoa katta salohiyatga ega. Uşbu öyinga jamoa bilan juda yaxşi tayyorlandik, deb ayta olaman. Ertaga bizni qiziqarli öyin kutib turibdi. Raqibni hurmat qilamiz. Bu jamoa bekorga ikki öyinda olti oçko töplamadi. Ular bizning guruhda yetakçilardan biri hisoblanadi. Filippin — bir neça yaxşi ijroçilarga ega bölgan va tartibli öyin namoyiş etadigan jamoa. Şunga qaramay, biz bu yerga öz oldimizga qöyilgan vazifalarni bajariş uçun keldik. Ertaga özimizning eng yaxşi öyinimizni namoyiş etişga harakat qilamiz”, — deya 8 sentabr kuni bölib ötadigan haqida Samvel Babayan öz fikrlarini bildirib ötdi.
Matbuot anjumanida unga hamrohlik qilgan Server Jyeparov ham öyin oldidan öz fikrlari bilan örtoqlaşib, jumladan, şunday dedi: “Bu mening Filippinga ilk taşrifim va bu yerda ekanimdan juda xursandman. Bölajak öyinga keladigan bölsak, biz bu yerga faqat ğalaba uçun taşrif buyurganmiz. Öylaymanki, ertaga yaxşi öyin namoyiş qilib, özimizga kerakli natija bilan qaytamiz”.
Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Samvel Babayan yana bir neça masalalarga töxtalib ötdi.
“Haqiqatdan ham biz uzoq parvozni amalga oşirdik va bunga butun kunimiz ketdi. Lekin öyinga tayyorgarlik rejamizga muvofiq tarzda işlarimizni olib borsak, uzoq parvoz öyinimizga salbiy ta'sir körsatmaydi, deb öylayman”
“Terma jamoa va klubda boş murabbiy bölib işlaş bir-biridan juda farq qiladi. Terma jamoada futbolçilarga öz ğoyalaringni uqtiriş uçun vaqt juda oz. Şunday bölsa-da, qöl ostimdagi jamoada köplab kuçli klublarda öynayotgan yuqori saviyali futbolçilar bor. Bu borada omadim kelgan deb ayta olaman. Işonçim komilki, öyindan-öyinga kuçayib boramiz”.
“Terma jamoada hozir öyinni tartibli yölga qöyiş va özim istagan öyin uslubini yigitlarga singdiriş men uçun muhim. Şunday paytda jamoangda Server Jyeparov va Aleksandr Geynrix kabi futbolçilarning bölişi bu istalgan murabbiy uçun baxt”.
“Şimoliy Koreyaga qarşi öyinda yölga qöyilgan asosiy xato himoyadagi parokandalik bölgan va mening terma jamoaga kelib, birinçi bölib qilişim kerak bölgan iş — şu kamçiliklarni bartaraf etiş edi. Öylaymanki, himoya va hujum çiziği örtasidagi mutanosiblik, uyğunlik yaxşi yölga qöyildi. Bölajak öyinlarda avvalgi xatolar takrorlanmaydi deb öylayman”, — deydi Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan.






