Promouter Timur Dugazayev superoğir vazn toifasida WBA yönalişi böyiça çempion Ruslan Çagayev (Özbekiston, 34-2-1, 21 KO) va Fres Okendo (Puerto-Riko, 37-8, 24 KO) örtasidagi revanş jangi bölib ötadigan manzilni e'lon qildi. Bu haqda «R-Sport» naşri xabar tarqatdi.

«Çagayev va Okendo örtasidagi revanş jangi 17 oktabr kuni Germaniyaning Kil şahrida joylaşgan «Şparkassen-Arena»da bölib ötadi. Hozirda Ruslan Pedro Dias boşçiligida AQŞning Mayami ştatida tayyorgarlik işlarini olib bormoqda. Bu jarayon taxminan 5 oktabrgaça davom etadi. Şundan söng Ruslan Germaniyaga uçib keladi», — deya Dugazayeva sözlaridan iqtibos keltiradi «R-Sport».

Ma'lumot uçun, Çagayev — Okendo jangi ğolibi Lukas Braunga qarşi (Avstraliya, 22-0, 19 KO) ringga kötariladi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning iyul oyida Çeçeniston poytaxti Grozniyda Çagayev Okendo ustidan oçkolar böyiça — 115:113, 115:113, 114:114 hisobida ustun kelgandi.