"Çelsi" jamoasi yozgi transferlar dariçasining yopilişi arafasida "Mançester Yunayted" bilan yana bir futbolçi uçun raqobat qilgani aniqlandi.
Londonliklar Pedro Rodriges bilan bölgani kabi Antoni Marsyalni ham "MYu"dan oldinroq "ilib ketiş"ga urinib körişgan, lekin bunga vaqt yetmay qolgan.
Times naşrining yozişiça, "Çelsi" "Monako"ga 19 yoşli Antoni Marsyal uçun "MYu" bilan bir xil miqdordagi mablağ (darhol 50 mln yevro va keyinroq bonuslar körinişida 30 mln yevro) taklif qilgan, lekin bu transferning amalga oşişi uçun vaqt kamlik qilgan.
Qayd etilişiça, "Çelsi"dagilar bu yoş hujumçini avvaldan köz ostilariga olib yurişgan va keyingi mavsumda uni sotib olişni möljallaşgan. 31 avgust kuni "MYu" uning transferi uçun harakat boşlaganida, Londondagilar ham tezlik bilan bu jarayonga qöşilişgan, lekin bu safar "qizil iblislar" olğirroq çiqişgan.






