Dunyoning eng kuçli qizi, rossiyalik oğir atletikaçisi Maryana Naumovna Suriya prezidenti Başar Asadning rafiqasi Asmo Al-Asadning taklifiga binoan Damaşqqa taşrif buyurdi.

16 yoşli sportçi qizning "VKontakte"dagi sahifasida ma'lum qilinişiça, u öz safari davomida Suriyadagi maktablar, sport majmualari va ayollarni harbiy tayyorgarlikdan ötkaziş bazalariga ham boradi.

Bundan oldinroq, Naumova Donbassga 3 marta borgan va bir qator marosimlarda faxriy mehmon sifatida iştirok etgandi. Şundan söng, Ukraina pauerfting federatsiyasi Naumovaga bergan bir neça medallari va darajalarni bekor qilgandi. U Şimoliy Koreyadagi seminarlarda ham qatnaşgandi.

Qayd etiş kerakki, şu yilning bahorida Naumova Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Şvartsenegger bilan AQŞdagi şoulardan birida uçraşib suhbatlaşgan va unga "Donetsk xalq respublikasi"da yaşovçi bolalar yozgan maktubni topşirgandi. Naumova uşbu taniqli şaxs bilan suhbatida undan Rossiya va AQŞ munosabatlarining iliqlaşişi uçun öz hissasini qöşişini söragandi.