Tojikistonda oxirgi kunlarda davlatga qarşi amalga oşirilgan qöporuvçiliklik harakatlariga qaramasdan, 8 sentabrda Duşanbeda 2018 yilgi jahon çempionati saralaş bosqiçining 4-turidan örin olgan “V” guruhining Tojikiston va Avstraliya milliy terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bölib ötadigan böldi.
2015 yilgi Osiyo kubogi sovrindlorlari 5 sentabrda Tojikistonga yetib keldilar va 6 sentabrda Duşanbedagi markaziy stadionda ilk maşğulotlarini ötkazdilar.
Bu orada Romit darasida sobiq mudofaa vaziri örinbosari general-mayor Abduhalim Nazarzoda va uning tarafdorlarini yöq qiliş böyiça maxsus operatsiya davom etmoqda. Ma'lumotlarga köra, Nazarzoda Duşanbeda yirik teraktlar amalga oşiriş bilan tahdid qilgan.
Duşanbe hokimiyati qarori bilan xavfsizlik maqsadida 11 sentabrgaça Tojikiston mustaqilligi kunini nişonlaş kunlarida barça bozorlarni yopişga qaror qilindi. Ma'lum qilinişiça, oziq-ovqat bozorlari bilan bir qatorda kiyim-keçak bozorlari ham yopilgan. Tojikiston şu tariqa odamlar gavjum böladigan joylarda xavfsizlik çoralarini kuçaytirmoqda.






