Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe va Iordaniya qiroli Abdulloh II 11 sentabrda Seulda ikki tomonlama uçraşuv ötkazadilar. Bu uçraşuv davomida iqtisodiy hamkorlik, terrorçilikka qarşi kuraşiş, muhtoj davlatlarga insonparvarlik yordami taqdim qiliş masalalari muhokama qilinadi.
Qirol Abdulloh II 10 sentabrda Seulga ikki kunlik taşrif bilan keladi. Iordaniya yetakçisining Janubiy Koreyaga bu taşrifi 1999 yildan beri 6-taşrifi böladi.
“Bizning davlatlarimiz orasida yaqin aloqalar mavjud bölib, taşrif paytida Seul va Amman oldida terrorçilikning tarqalişi va muhtoj davlatlarga insonparvarlik yordami taqdim qiliş muammolarini hal qilişdagi hamkorlik masalalarini muhokama qiliş imkoniyati paydo böladi”, deb Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakilining aytgan sözlarini keltirib ötdi “Renxap” axborot agentligi.
Bundan taşqari kun tartibidan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari ham örin olgan.






