“Rosneft” rahbari Igor Seçin Rossiyada neft qazib olişning yillik hajmi 526,7 mln tonnadan 700 mln tonnaga qadar oşirilişini ma'lum qildi. U Rossiyani ulkan neft potensialiga ega mamlakatlardan biri ekanini ta'kidlab ötdi.

Singapurda bölib ötayotgan FT Commodities konferensiyasi çoğida Seçin “Rosneft” neft bilan birga gaz qazib oliş hajmini ham oşiriş rejasida ekanini aytib ötdi.

2014 yil yakunlariga köra, Rossiyada neft qazib oliş hajmi yiliga 526,7 mln tonnani taşkil etgan edi. Rossiya Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi başoratiga köra, 2015 yilda bu körsatkiç 530,5 mln tonnani taşkil etadi.

Konferentsiyada sözga çiqqan Seçin Rossiya neft sohasida Venesuela va Eron bilan bir qatorda turuvçi jiddiy istiqbollarli ega mamlakat hisoblanişini ta'kidlab ötdi. Uning fikriça, muqobil energiya manbalari rivojlanişidagi ösişlarga qaramasdan, ularning neft mahsulotlari örnini bosişiga hali ança vaqt bor.