Aloqa operatori Beeline Mobile Quality Analyzer (MQA) innovatsion mobil ilovasini işga tuşirdi va taqdim etilayotgan ximatlar ölçoviga ilk foydalanuvçilarni uladi.
5 sentabr, şanba kuni Halqaro Biznes-markazida öz smartfonlariga mobil ilovani yuklab oliş istagidagi abonentlar iştirokida tadbir bölib ötdi. Bugungi kunda yuzlab abonentlar aloqa sifatini yaxşilaşda kömak beruvçi volontyorlar safiga qöşildilar.

Voqeani şarhlar ekan Unitel‘ning mijozlar tajribasini rivojlantiriş böyiça loyiha rahbari Oraz Abdurazakov şunday dedi: “Ilovani yuklab olgan foydalanuvçilar tadbirning özida uning imkoniyatlarini örganib çiqdilar, va kompaniyaning texnik bölimi xodimlaridan öz savollariga javoblarni oldilar. Biz MQA dasturining rivojlanişi ustida iş olib borişni davom etmoqdamiz, va yaqin vaqt içida butun respublika böylab yana minglab abonentlarni unga jalb etişni rejalaştirmoqdamiz”.

Eslatib ötamiz, iyul oyining boşida Beeline Özbekiston uçun noyob bölgan Mobile Quality Analyzer taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini tarmoqda monitoring qiliş dasturi işga tuşirilgani haqida e'lon qilgan edi. MQA ölçov natijalari kelgusi işlaş, hisobotlar, grafiklar va boşqa analitik ma'lumotlar yaratiş uçun ma'lumotlar bazasida saqlanib qoladi. Tarmoq holati va drayv-testlar natijalarining içki monitoring jarayoni uşbu ma'lumotlar bilan töldiriladi, buning natijasida tarmoqni kengaytiriş va samarali rejalaştiriş uçun töliq analiz yaratib beriladi.






