Özbekiston va Rossiya örtasidagi pul ötkazmalari hajmi 2015 yilning ikkinçi çoragida 784 mln dollarni taşkil etdi. Bu esa 2014 yilning şu holatiga nisbatan 56,13 foiz pasayiş demakdir. Bu haqda Rossiya Markaziy banki ma'lumotlarida keltirilgan.
Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga köra, 2015 yilning ikkinçi çoragida Rossiyadan Özbekistonga jami 686 mln dollar miqdoridagi mablağ jönatilgan (bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 57,92 foiz past). Öz navbatida bu vaqt içida Özbekistondan Rossiyaga jami 98 mln dollar yuborilgan (bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 37,58 foiz kam).
Ma'lumot uçun, 2015 yilning dastlabki 6 oyida Rossiyadan Özbekistonga jami 1,149 mlrd dollarlik pul ötkazmalari amalga oşirilgan. Bu esa 2014 yilning birinçi yarimyilligi bilan soliştirganda 2,21 barobar kamroqni körsatadi.
Birinçi yarimyillikda Özbekistondan Rossiyaga pul jönatmalari 15,31 foizga kamaygan - 249 mln dollar.
Qayd etiş kerakki, Rossiya hududida ayni vaqtda 2 mln nafardan ortiq Özbekiston fuqarosi işlamoqda.






