6 sentabr kuni Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Buffon Bolgariyaga qarşi Yevro-2016ga saralaş öyinida maydonga tuşdi. U bu öyinda bir qator seyvlar amalga oşirib, terma jamoasining Fransiyadagi 2016 yilgi Yevropa çempionati tomon yaqinlaşişiga hissa qöşdi.

Şu tariqa, 37 yoşli posbon milliy terma jamoa tarkibida 150-öyinini ötkazdi. U jamoaning rekordiçisi sanaladi va Fabio Kannavaro (136ta öyin) va Paolo Maldinini (126 öyinçi) ortda qoldirişga muvaffaq bölgan.
Qayd etiş joizki, Buffon 18 yil oldin, 1997 yilning kuzida Moskva şağrida Italiya terma jamoasi safida ilk marta maydonga tuşgandi. Bu öyin 1998 yili Fransiyada ötkazilgan Jahon çempionati saralaşi doirasida ötkazilgan.
Bu öyinning birinçi taymida "moviy gvardiyaçilar"ning asosiy darvozaboni Janluka Palyuka jarohat oldi va "Dinamo" öyingohiga 19 yoşli iste'dod Janluijji Buffon tuşib keldi.
Bu öyin 1:1 hisobida yakunlangan, javob uçraşuvida esa Italiya 1:0 hisobida ğalaba qozonib, Fransiya mundialiga yöl olgandi.
Ma'lumot uçun, jahon rekordini takrorlaş uçun Buffon Italiya termasi safida yana 34ta öyin ötkazişi lozim. Misr terma jamoasining sobiq futbolçisi Ahmad Hasan öz vaqtida miliiy terma jamoa tarkibida 184ta öyinda maydonga tuşgan.







