Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi “Peterburg” sport-konsert kompleksida ösmirlar örtasidagi boks böyiça X Jahon çempionatining dastlabki bellaşuvlari bölib ötdi.

Musobaqa ğolibligi uçun dunyoning 57 mamlakatidan kelgan 400 nafar kuraş olib bormoqda.

Birinçi kuni ringga çiqqan terma jamoamiz a'zolaridan Xalimbek Utegenov (-48 kg) Hindistonlik Maxender Tanvarni 3:0 hisobida mağlub etdi. Jahongir Rahmonov (-50 kg) ham Gruziyalik raqibi — Otar Naverianni 3:0 hisobida mağlubiyatga uçratdi. Bilolbek Mirzorahimov (-57 kg) uelslik Ris Tomasga heç qanday imkoniyat qoldirmadi (3:0). Yana bir boksçimiz Timur Merjanov (-63 kg) Norvegiya vakili Trod Jonson Espolinni, Dilşodbek Rözmetov (-66 kg) Şotlandiya boksçisi Levis Jonstaunni 3:0 hisobida yenggan bölsa, Yaxyoxon Saidxonov esa (-70 kg) germaniyalik Geyxan Galeruazni 3 raundda texnik nokautga uçratdi. Prosfor Rorimşa esa +80 kg vanz toifasida Italiya vakili Andrea Pugliar ustidan 3:0 hisobida ğalabaga erişib, musobaqaning keyingi bosqiçiga yöl olişdi.

Murodjon Qosimov (46 kg), Saidjamşid Jafarov (-54 kg), Abbosxon Mirzaabdullayev (-80 kg) esa qizğin bahslarda raqiblariga 1:2 hisobida boy berib qöyişdi.