Namangan viloyati hududida bahayolik, zöravonlik va şafqatsizlikni tarğib qiluvçi mahsulotlarni tayyorlaş, olib kiriş, tarqatiş, reklama qiliş va namoyiş etilişining oldini olişga qaratilgan qator reydlar ötkazildi. Bu haqda “Huquq olamida” gazetasi xabar bermoqda.
Ularda maxsus tuzilgan işçi guruh xodimlari tomonidan jami 35 mingdan ortiq qonunbuzilişi holatlari aniqlanib, törtta kompyuter jamlanmasi, 24 dona uyali telefon hamda konftrafakt usulda tayyorlangan 15 mingdan ortiq DVD disklari olib qöyildi hamda tegişli tartibda rasmiylaştirilib, huquqbuzar şaxslarga nisbatan ma'muriy tartibda jazo çoralari körildi.
Şuningdek, ikki kişining jinoiy javobgarlikka tortilgani aytilmoqda.






