Qaşqadaryolik Aktam Qayumov 2 kişini öldirişda ayblanib 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilişiça, Aktam Qayumov yuk maşinasi haydovçisi N. Ğaniyevning qölida yordamçi bölib işlagan. Bir kuni u ustozining öğillari Ziyodulla va Jamşid bilan bir davrada ötirib qoldi. Davraga yigitlarning döstlari qöşildi. Davra ança kengayib, dasturxonda spirtli içimliklar köpayib ketgaç, döstlar aqlini yöqota boşladi.
Arzimagan sabab bilan kelib çiqqan janjal muştlaşuvga ötib ketgan. Ziyodulla janjalni bir amallab tinçitib, döstlarini uy-uylariga tarqatib yuborgan. Lekin özidan yoş yigitlardan tayoq yeganiga çiday olmagan Aktam Qayumov alamini çiqariş uçun u bilan muştlaşgan ikki bolani holi joyga çaqirib, muştlaşuvni davom ettirgan. Muştlaşuvda oğir jarohatlar olgan yigitlar şifoxonada öziga kelmay olamdan ötgan.






