2 nafar afğonistonlik velosipedçi tinçlikni qöllab-quvvatlaş maqsadida veloturne boşlaşdi. Aytilişiça, sportçilar 3ta qit'a böylab sayohat qilişadi.
Afğon hukumati tinçlik elçisi Nodirşoh Nangarxoriy va uning öğli turneni iyul oyida Istanbuldan boşlaşgani aytilmoqda.

“Afğon xalqi tinçlikni istaydi, biz uruşdan çarçadik, - dedi u Pragada Ozod Yevropa radiosiga bergan intervyusida. – Men buni yölimda uçraydigan insonlarga yetkazişdan umid qilmoqdaman”.
Nangarxoriy Germaniya, Skandinaviya va Buyuk Britaniyaga velosipedda borib, söng Şimoliy Amerikaga uçib ötmoqçi. Şimoliy Amerika mamlakatlarida bölgaç, ota-öğil velosipedçilar Avstraliyada böladi.

Afğoniston milliy olimpiya qömitasi sportçilarni tegişli asbob-uskuna va vositalar bilan ta'minladi. TIV esa vizalarni rasmiylaştiriş va barça xarajatlarni öz zimmasiga oldi.