“Buyuk ipak yölida sayyohlik” XXI Toşkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida 5-7 oktabr kunlari Jahon sayyohlik taşkiloti bilan hamkorlikda “Madaniy yodgorliklarni saqlaş va ularning Özbekistonda turizmning rivojlanişdagi hissasi” mavzusida xalqaro konferensiyasi bölib ötadi.

Qadimgi Buyuk ipak yölining muhim qismida joylaşgan Özbekistonda 7 mingdan ziyod tarixiy-arxitekturaviy obektlar mavjud. YuNeSKOning jahon moddiy meros röyxatidan örin olgan Samarqand, Buxoro, Xiva singari şaharlari yiliga köp sonli sayyohlarni öziga jalb etib kelmoqda.

“Özbekturizm” matbuot xizmatining xabar berişiça, mazkur konferensiyada Jahon sayyohlik taşkiloti rahbariyati va ekspertlari, Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlari vakillari, san'atşunoslar, taniqli olimlar, sayyohlik kompaniyalari rahbarlari, OAV xodimlari iştirok etadi.