Ikki nafar 5 yoşli bola Rossiyaning Magnitogorsk şahridagi bolalar boğçasidan "Yaguar" (Jaguar) avtomobilini sotib oliş uçun qoçib ketişdi, deb xabar tarqatdi mahalliy OAV.
Ma'lumotlarga köra, hodisa ötgan haftada sodir bölgan, bu haqda faqatgina seşanba, 8 sentabr kuni ma'lum qilingan.
Keçki sayr vaqtida bolalar boğçasining katta yoşli guruh tarbiyaçilari plastik belkuraklar yordamida avvaldan qazib qöyilgan öra orqali çiqib, ulardan ikki kilometr uzoqlikdagi avtosalonga borişgan. Bolalarning nima qilib yurganini söragan mahalliy aholi vakillaridan biri ularni politsiya bölimiga olib borgan.
“Bolalar boğçadan “inomarka” sotib oliş uçun çiqqani, lekin bunga pullari yetmayotganini aytişgan. Şundan söng ayol qoçoq bolalarni öz avtomobiliga ötqazib, Ordjonikidzevskiy politsiya bölimiga olib kelgan”, deyiladi xabarda.
Bolalarning ketib qolganini faqatgina yarim soatdan keyin payqagan tarbiyaçilar işdan böşatildi, deya xabar berdi OAV.






