Bugun, 9 sentabr kuni Toşkent şahar Onkologiya dispanseri yaqinida Özbekiston xalq artisti Ölmas Alixöjayev yöl-transport hodisasiga duç keldi.
Özbek kinosining 74 yoşli yorqin namoyondalaridan bölgan Alixöjayev özining “Niva” rusumli avtomobilida “Matiz” bilan yengil töqnaşuv sodir qilgan.
“Matiz” haydovçisining aytişiça, Alixöjayev unga öz telefon raqamini berib, avtomobilini sozlab berişni va'da qilgan.
Ölmas Alixöjayev 1941 yil 30 iyunda Urganç şahrida tavallud topgan. 1964 yildan “Özbekfilm” kinostudiyasida faoliyat körsatib keladi. 40dan ziyod kino va telefilmlarda suratga tuşgan.
1969 yilda tasvirga olingan “Ötkan kunlar” filmidagi Otabek, Hamza Hakimzoda Niyoziy hayotiga bağişlangan “Olovli yöllar” filmida Hamza rollari orqali tomoşabinlar uni yaxşi eslaşadi. Şuningdek, Ölmas Alixöjayev “Tojikfilm”, “Qirğizfilm”, Maksim Gorkiy nomidagi kinostudiyalarda ham köplab rollarni ijro etgan.






