8 sentabr kuni Özbekiston terma jamoasi Manila şahrida Filippin terma jamoasiga qarşi 2018 yilgi jahon çempionati uçun saralaş öyinlarining ikkinçi bosqiçi, 3-tur öyinini ötkazdi.
Bu öyinning birinçi taymidayoq 3:0 hisobidagi ustunlik ta'minlandi. Birinçi taymda, Odil Ahmedov, Sardor Raşidov va Igor Sergeyev öz hisoblariga bittadan gol yozib qöyişdi. Ikkinçi taymda esa Sardor Raşidov va Igor Sergeyev yana bir martadan aniq zarba yöllaşdi. Raqibning javob goliga esa ikkinçi taymda maydonga tuşirilgan Şrok mualliflik qildi.
Şu tarqiqa, Samvel Babayan boşçiligidagi ikkinçi öyin ham ğalaba bilan yakunlandi. 3 sentabr kuni Toşkentda Yaman terma jamoasi mağlub etilgandi. Ayni vaqtda Özbekiston terma jamoasi öz guruhida 3 öyindan 6 oçko töplagan holda ikkinçi bölib turibdi.
JÇ-2018 saralaşi
Filippin - Özbekiston — 1:5
Gollar: Odil Ahmedov (1), Sardor Raşidov (14, 81), Igor Sergeyev (43, 65) - Şrok (69)
Filippin: Eseridj, Palla, Vudland (Aguinaldo, 46), Ramsey (Şrok, 46), Ott, Musag, Yangxazbend, Daysuki, Lyutsena, Patino, Martin
Özbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom Töxtaxöjayev, Stanislav Andreyev, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Server Jyeparov, Sardor Raşidov, Igor Sergeyev.






