2015 yil uçun AQŞ Ozodlik premiyasi rossiyalik muxolifatçi siyosatçi, marhum Boris Nemtsovga munosib körildi. Bu haqda Vaşington xalqaro respublika institutidagi marosimda aytildi.

Nemtsov 2015 yilning fevralida Moskvada öldirib ketilgan edi. Mukofotni senator Jon Makkeyn qölidan Nemtsovning dösti, PARNAS raisi örinbosari, jurnalist Vladimir Kara-Murza-kiçkina oldi.
Öz çiqişida Kara-Murza marhum döstini “siyosatning oq qarğasi” deb atadi.
Nemtsov premiyaga “Rossiyada demokratiyani rivojlantirişga bağişlangan hayot uçun” loyiq körildi.