Rossiyalik aralaş uslubdagi jang ustasi Fedor Yemelyanenko Yaponiyadagi yangi yil keçasida taşkil qilinadigan şou jangida ringga çiqişi mumkin. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

Iyul oyida «Sönggi imperator» laqabi bilan maşhur bölgan 38 yoşli sportçi sportçilik faoliyatini qayta tiklaganini ma'lum qilgandi.

Yemelyanenko Yaponiyaning Pride taşkiloti talqiniga köra tört karra jahon çempioni sanaladi. U sönggi marataba 2012 yilda ringga çiqqan va faoliyatini yakunlaş haqida bayonot bergandi. Professional faoliyati davomida 38 jangda qatnaşgan Fedor ularning 34tasi ğalaba qozongan. Tört marta mağlubiyatga uçragan.