Hurmatli öquvçilar, e'tiboringizga 9 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bölgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Toşkent şahrining 4ta tumanidagi köçalar kapital ta'mirdan çiqariladi>>

Toşkent şahridagi markaziy köçalarni ta'mirlaş va texnik xizmat körsatiş boşqarmasi şahardagi bir qator köçalarni kapital ta'mirdan çiqariş böyiça tender e'lon qildi. 

Toşkent viloyatining ayrim maktab va maktabgaça ta'lim muassasalaridagi ahvol talabga javob bermasligi aniqlandi>>

Xalq deputatlari Toşkent viloyat Kengaşining qaroriga köra, maxsus işçi guruhlar tomonidan har bir tuman va şahardagi maktab hamda maktabgaça ta'lim muassasalarida mavjud kamçiliklar va ularning sabablari örganildi.

Stiv Djobs suriyalik(mi)

Şvetsariyalik biznesmen Devid Galbrayt Apple korporatsiyasi asosçisi Stiv Jobsning nasabi haqidagi mulohazalarini Twitter sahifasida e'lon qildi. 

Qozoğistonda politsiyaçi öz töyi kuni işidan böşatildi>>

Qozoğistonning Jyezqazğan şahri içki işlar boşqarmasi yöl-patrul politsiyaçisi özining töyi kuni öz lavozimidan böşatildi. Bunga IIB politsiyaçi töyidagi töy korteji yöl qoidalarini buzib, qolgan avtomobillar harakatlanişiga xalaqit berganidan darak topgani sabab bölgan. Bundan xabar topgan IIB rahbariyati kuyovning huquq-tartibot muassasalaridan böşatilişi haqida buyruq berdi.

Nepalda zilzila qurbonlariga yordam beriş uçun borgan amerikalik ayol öldirildi>>

Nepalda zilzila qurbonlariga yordam beriş uçun mamlakatga taşrif buyurgan amerikalik ayol öldirildi. Reuters agentligining ma'lum qilişiça, politsiya ayolning tanasini qidirmoqda.

Italiya va Fransiya Alp toğlaridagi muzlik uçun bahslaşmoqdalar>>

Italiyaning Alp toğlarida joylaşgan Kurmayor va Fransiyaning Monblan toğining narigi tomonidagi Şamoni şahri rasmiylari 3,3 ming metr balandlikdagi çöqqini bölişa olişmayapti.

Politsiyaçilar tomonidan öldirilgan afroamerikalik yigit oilasiga 6 mln dollar tovon puli tölanadigan böldi>>

AQŞning Baltimor şahri hukumati politsiyaçilar tomonidan öldirilgan afroamerikalik Freddi Greyning oilasiga 6,4 mln dollar tovon puli tölaydigan böldi.

Xodorkovskiy familiyasini brend sifatida röyxatdan ötkazdi>>

Rossiya va dunyoning yana 15 mamlakatida XODORKOVSKIY (KHODORKOVSKY) brendi paydo böldi. “Kommersant'” naşrining yozişiça, bu brend YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy bilan boğliq MBK IP UK Limited kompaniyasi tomonidan oçilgan.

Lufthansa uçuvçilar iş taşlaşi sababli mingdan köproq reysni bekor qildi>>

Lufthansa aviakompaniyasi uçuvçilar iş taşlaşi sababli butun dunyo böylab mingdan köproq reysni bekor qildi.

Obama ayiq yeb tugatmagan lososni yeb bitirdi>>

AQŞ prezidenti Barak Obama ayiq yeb tugatmagan lososni yeb bitirdi. NBC kanalining Twitter orqali xabar qilişiça, bu Alyaskada keçayotgan Running Wild şousi s'yomkalari jarayonida sodir bölgan.

Meksikadagi şifoxona işçisi ovqat tayyorlanadigan qozonda çömildi>>

Meksika şifoxonalaridan birida tasvirga olinib, internetga joylangan video katta mojarolarga sabab böldi. Rolikda tibbiyot maskani xodimlaridan birining ovqat tayyorlaşga möljallangan qozonda çömilgani aks etgan.

Magnitogorslik bolalar öra kovlab, “Yaguar” sotib oliş uçun bolalar boğçasidan qoçib ketişdi>>>

Ma'lumotlarga köra, hodisa ötgan haftada sodir bölgan, bu haqda faqatgina seşanba, 8 sentabr kuni ma'lum qilingan.