«Mançester Yunayted» futbolçilari boş murabbiy Lui van Gaaal ötkazayotgan maşğulot jarayoniga nisbatan öz noroziliklarini bildirişdi.
Ularning fikriça, gollandiyalik mutaxassis maşğulot jarayonida haddan taşqari oğir uslublardan foydalanmoqda. Futbolçilar esa maydonda köproq erkinlik bölişini istaşmoqda.
The Times naşrida yozilişiça, «Mançester Yunayted»ning yetakçi futbolçilari özaro yiğiliş ötkazişdi va öz e'tirozlarini Lui van Gaalga bildirişdi. Jamoaning unçalik muvaffaqiyatli bölmagan startiga sabab sifatida şuni körsatilgan. Öyinçilar murabbiyga «MYu»ning öyinida köproq ijodkorlik imkon berilişini söraşdi.
Ma'lumotlarga köra, mazkur suhbat tufayli maşğulot jarayoniga qandaydir özgartirişlar kiritilmagan.






