Özbekiston Janubiy Koreya hukumati tomonidan infeksion kasalliklarga qarşi moliyaviy kömak körsatiladigan mamlakatlar röyxatidan örin oldi.
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe 2016 yildan boşlab 5 yil davomida dunyoning 13 mamlakati (Gana, Efiopiya, Iordaniya, Kamboja, Laos, Özbekiston, Peru, Serra-Leone, Gvineya, Liberiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kot-d’Ivuar va Mali)ga infeksion kasalliklarga qarşi kuraş olib boriş uçun 100 mln dollar ajratiş töğrisida ma'lum qildi.
“Köplab mamlakatlar va xalqaro taşkilotlari infeksion kasalliklardan aziyat çekayotgan mamlakatlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaşni boşlab yuborgan. Janubiy Koreya ham mazkur global kuçga qöşiladi. Janubiy Koreya mazkur mamlakatlarda insonlarni infeksion kasalliklar xavfidan ozod qiliş uçun bor kuçini safarbar qiladi, – deya prezidentning Seuldagi Salomatlik xavfsizligi böyiça global kun tartibi konferensiyasi doirasida ikkinçi yuqori darajali uçraşuv vaqtidagi sözlaridan The Korean Times naşri iqtibos keltirdi.
Salomatlik xavfsizligi böyiça global kun tartibi konferayentsiyasi (GHSA) dunyo darajasida infeksion kasalliklardan ogohlantiriş maqsadida taşkil etilgan. Bunday kasalliklar nafaqat milliy darajadagi muammo sanaladi, balki ularning bir davlat çegaralari bilan çeklanmasligini MERS (Yaqin Şarq respirator sindromi) va Ebola (yuqori kontagioz ötkir virusli gemorragik isitma kasalligi) kasalliklari tarqalganidan köriş mumkin. Janubiy Koreya GHSAning 44 a'zosidan biri hisoblanadi. Mazkur konferensiya a'zolari birinçi marta 2014 yilda Vaşingtonda uçraşgan bölsa, ikkinçisi 2015 yilning 7-9 sentabr kunlari Seulda bölib ötdi.






