Reuters axborot agentligi Rossiya Ukraina bilan çegarasida harbiy baza qurişni boşlaganini ma'lum qildi. Agentlikning ta'kidlaşiça, quriliş böyiça tegişli tender Rossiya davlat xizmatlari portalida e'lon qilingan. Bazaning qurilişi haqida mahalliy vakillardan biri Aleksandr Pançenko ma'lum qildi. 

Agentlikning yozişiça, 300 gektarda quriladigan harbiy bazada 3,5 ming harbiyga möljallangan 9 ta bino joylaştiriladi.