Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi nazorat böyiça federal xizmati (Roskomnadzor) internet operatorlariga IŞID töğrisidagi film joylangani tufayli Yahoo video xizmati (screen.yahoo.com) ga tösiq qöyiş haqida buyruq yubordi, deya RIA Novosti agentligiga xabar berdi taşkilot vakili Vadim Ampelonskiy.
Uning sözlariga köra, Roskomnadzor 2014 yilda Yahoöga sakkiz marotaba videoxizmatdan taqiqlangan axborotlar yagona röyxatiga kiritilgan “Qabilalar uruşi” filmini öçirib taşlaş zaruriyati töğrisida xabarnoma yuborgan, biroq Amerika kompaniyasi tomonidan heç qanday javob bölmagan.
“Şu munosabat bilan bugun (9 sentabr) biz mazkur film joylaştirilgan sahifaga tösiq qöyiş uçun aloqa operatorlariga buyruq yubordik. Opretorlar tösiq qöyişni boşlaşdi”, – dedi Ampelonskiy.
Rossiya hududida nafaqat körsatilgan sahifa, balki screen.yahoo.com resursiga ham şifrlangan https protokolidan foydalanilgani, bu esa operatorlarga resursni alohida URL-sahifalarga qadar tahlil qilişga yöl qöymasligi sababli tösiq qöyiladi.
Yahoo.com saytiga boşqa IP manzilda joylaşgani bois tösiq qöyilmasada, uçinçi darajali domenlar, masalan — news.yahoo.com ham videoxizmatlar bilan bitta IP manzilda joylaşgani sababli bloklanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 25 avgust kuni Astraxan viloyati Çernoyarsk sudining “Vikipediya” internet-ensiklopediyasi töğrisida çiqargan qarori asosida Rossiya aloqa operatorlari “Vikipediya” internet-ensiklopediyasining rus tilidagi saytini unga joylaştirilgan giyohvand moddalar töğrisidagi maqola qonunga zid ekani tufayli bloklagan edi. Biroq giyohvand moddalar töğrisidagi maqolani tahrir qilganidan söng uşbu taqiq bekor qilingan.






