Novokuznetskning «YeVRAZ» kompaniyasi Özbekistonga 25 metr uzunlikdagi relslar yetkazib beriş böyiça şartnoma imzoladi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» naşri xabar tarqatdi.
Manbaning yozişiça, Özbekistonga yetkazib beriladigan relslar mamlakatning yirik şaharlari — Samarqand va Buxoro örtasidagi yuqori tezlikdagi harakat uçun möljallangan böladi. Özbekistondagi issiq iqlimni hisobga olganda, uşbu relslar qator xususiyat va afzalliklarga ega.
Kompaniya rahbarlaridan birining ta'kidlaşiça, relslardan juda yuqori havo haroratida ham foydalaniş mumkin. Ularning töğri şaklda ekanligi va işlab çiqariliş sifati poyezdga tezlikni soatiga 200 kilometrgaça oşiriş imkonini beradi.
Özbekiston «YeVRAZ»ning MDHdagi asosiy hamkorlaridan biri sanaladi. Kompaniya nafaqat poyezd uçun, balki metropoliten uçun ham relslarini taqdim etib kelgan. Yil boşidan buyon Toşkent metropoliteni uçun 960 tonna oğirlikdagi yangi relslar olib kelingan.
«YeVRAZ» metallurgiya va xom aşyo qazib çiqaruvçi xalqaro kompaniya bölib, Rossiya, Ukraina, AQŞ, Kanada, Çexiya, Italiya, Qozoğiston va JAR aktivlarini öz içiga oladi.






