AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton 9 sentabrda Eron yadroviy qurol işlab çiqişga urinsa, unda unga qarşi harbiy kuç qöllaşdan qörqmasligini aytdi.

“Eronliklar va butun dunyo bilişini istardim, agar vaziyat taqozo etsa qat'iy harakat qilamiz. Men Eron yetakçilariga AQŞ sizlarga heç qaçon yadroviy qurol olişingizga imkon bermaydi, deb aytmoqçiman” deb aytdi Klinton Vaşingtondagi Brukings nomidagi institutdagi Eron böyiça sözlagan nutqida.

“Men prezident lavozimida AQŞ va bizning ittifoqdoşlarimizni himoya qiliş uçun barça zarur çoralarani köraman. Agar Eron yadroviy qurol olişga urinsa, men heç qanday ikkilanişsiz unga qarşi harbiy kuç işlataman”, deb aytmoqda Klinton.

Şuningdek, Klintonning aytişiça, u Eronga “terrorçilikka homiylik qiliş” va ballistik raketalar yaratişga yöl qöymaydi va öz ittifoqdoşlaridan Eron Yaman va Suriyadagi vaziyatga aralaşmoqçi bölsa, uning harbiy kemalari va samolyotlariga tösqinlik qilişni talab qiladi.