“VKontakte” ijtimoiy tarmoğida juma, 11 sentabr kuni foydalanuvçilar uçun xususiy internet-dökoni taşkil etişiga imkon beruvçi “Kontaktda mahsulotlar” bölimi paydo böldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning rasmiy vakili Georgiya Lobuşkina “Vedomosti”ga ma'lum qildi.

Yangi bölimda, Lobuşkinaning sözlariga köra, qidiruv xizmati mavjud bölgan mahsulotlarning umumiy katalogi namoyon böladi. Foydalanuvçilar tarmoqdagi guruhlarga taqdim etilgan mahsulotlarni sotib olişlari mumkin. Buning uçun mahsulot joylaştirilgan guruh ma'muri bilan boğlanib, tölov va yetkazib berilişi haqida kelişib oladi.

Dastlab, bölim tarmoqdagi bir qator jamiyatlar va guruhlar uçun sinov tartibida faoliyat körsatadi, keyinroq esa barça jamiyatlar uçun oçiq böladi. Hozirça mahsulotlarni joylaştiriş bepul. “Pulli joylaştirişlar haqida keyinroq, biz dökonlarga yanada foydaliroq takliflarni taqdim etganimizdan söng gapirişimiz mumkin”, – dedi Lobuşkina.

“VKontakte” — Rossiyaning yirik ijtimoiy tarmoqlaridan biri bölib, uning foydalanuvçilari soni 300 million nafardan ortadi. Har kuni tarmoqqa 80 milliondan ziyod kişi kirib, sahifalarda 20 milliondan oşiq izohlar qoldiradi.