“Bunyodkor” va “Navbahor” jamoalarining endilikda sobiq yarim himoyaçisi Alibobo Rahmatullayev Ozarbayjonning “Revan” klubi bilan şartnoma imzoladi. Kelişuv 1,5 yilga möljallangan.
24 yoşli futbolçi Boku klubi safida 10-raqam ostida töp tepadigan böldi.
Rahmatullayev bir hafta mobaynida “Revan” klubida körikdan ötgandi.
Ta'kidlaş joizki, “Navbahor” Rahmatullayev bilan şartnoma imzolanayotganida agar unga xorijdan yaxşiroq taklif tuşsa futbolçini heç bir muammosiz qöyib yuboriş borasida kelişib olgandi. Şu sababdan “Ravan” unga rasmiy taklif bilan murojaat etgaç, Namangan jamoasi va futbolçi özaro kelişgan holda şartnomani bekor qilişdi va futbolçi yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qöşildi.
Özbekistonlik legionerlar soni şu tariqa yana bir nafarga oşdi.
Ma'lumot uçun, "Ravan" jamoasi ötgan mavsum yakuniga köra mamlakat premer-ligasiga beriladigan yöllanmaga ega bölgandi. Ayni paytda mazkur klub Ozarbayjon çempionatining uç turidan söng ikki oçko jamğarib, ön jamoa orasida sakkizinçi poğonani egallab turibdi. Alibobo yangi jamoasidagi debyutini 13 sentabr kuni "Neftçi"ga qarşi uçraşuvda nişonlaşi mumkin. 2007 yilda taşkil topgan uşbu jamoa 2011 yilga kelib Ozarbayjon premer-ligasida qatnaşiş huquqini qölga kiritgandi. "Arslonlar" 2013-2014 mavsumda Ozarbayjon kubogi yarim finaliga qadar yetib borişgandi. Bu klub tarixidagi eng katta yutuği hisoblanadi. Ammo, şu mavsumning özida quyi divizonga tuşib ketgandi.






