AQŞning Las-Vegas şahrida Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötadigan 2016 yilgi Olimpiada öyinlariga yöllanma beruvçi erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kuraşi böyiça kattalar örtasidagi jahon çempionati davom etmoqda.

10 sentabr kuni Özbekiston terma jamoasi a'zosi Ixtiyor Navrözov yarim finalda erkin kuraş böyiça amaldagi jahon çempioni, rossiyalik Saslan Ramanovni yengib turnir finaliga yöl oldi.

65 kg vazn toifasidagi sportçilarning bellaşuvi 30 soniyadayoq Navrözovning raqibini taslim etişi bilan yakunlangan.

Endi finalda Ixtiyor Navrözov italiyalik Frank Çamizoga qarşi gilamga çiqadi. Çamizo yarim finalda 2014 yilgi JÇ finalçisi, eronlik Sayyod Muhammadni yenggan.

Şu tariqa, uşbu ikki kuraşçi ham öz faoliyatida ilk bor JÇ finaliga çiqdi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasining uşbu turnirdagi ilk medalini yunon-rum kuraşi böyiça musobaqada iştirok etgan Rustam Assakalov (kumuş) olib bergandi.