“Mançester Yunayted” darvozaboni David de Xea klub bilan yangi şartnoma imzolaşga tayyor turibdi, deb xabar bermoqda The Daily Mail.

Ispaniyalik darvozabonning agenti Jorjye Mendeş bugun (10 sentabr) Lui van Gal hamda klub rahbariyati bilan şartnoma haqida kelişib oliş uçun taşrif buyurdi. David de Xea hamda uning oila a'zolari ham mahalliy soat 15:00da klub bazasiga taşrif buyurdi.

Yozgi transfer vaqtida “Real Madrid” tarkibiga ötiş vaqtida transferi amalga oşmay qolgan darvozabonga Ed Vudvord hamda Lui van Gal yilliga 4 million funt maoş taklif qilmoqçi.