2015 yilning 11 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş va metrologiya sohasida Özbekistonning xalqaro şartnomalarini amalga oşiriş jarayonini muhokama qiliş borasida uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Uçraşuvda Oliy Majlis Senati va Qonunçilik Palatasi, vazirlik va idoralar, şuningdek mamlakatning ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari iştirok etdi.

Tadbir davomida uşbu sohada Özbekiston Respublikasi şartnomaviy-huquqiy bazasining hozirgi holati va uni kelgusida takomillaştiriş istiqbollari tahlil qilindi. Muloqot çoğida standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş va metrologiya sohalarining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaşdagi örni va ahamiyatiga asosiy e'tibor qaratildi.

Uçraşuv yakunida mazkur sohadagi xalqaro şartnomalarni bajarişda “Özstandart” agentligi faoliyatining samaradorligini yanada oşiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqildi.

Şu kabi uçraşuvlar “Özbekiston Respublikasi xalqaro şarnomalari töğrisida”gi Qonunining xalqaro şartnomalar bajarilişi ustidan kuzatuv olib boriş böyiça Taşqi işlar vazirligi vakolatiga oid qismi ijrosini ta'minlaş maqsadida muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.