2015 yilning oxiriga qadar «O’zMinda» Özbekiston-Hindiston qöşma korxonasi «S&T Motiv» Janubiy Koreya kompaniyasi bilan kelişuvi doirasida qöşimça investitsiya jalb etib, zamonaviy va yuqori texnologik işlab çiqariş liniyasini örnatişni rejalaştirmoqda.

Mazkur işlab çiqariş liniyasida yangi T-250 loyihasi uçun butlovçi qismlar işlab çiqariladi. Loyihani rivojlantiriş dasturi doirasida esa işlab çiqariladigan mahsulotlar soni va ularning sifat nazoratini oşiriş közda tutilgan.

Bugungi kunda korxona Cobalt, Nexia, Damas, Matiz rusumidagi avtomobillar uçun xavfsizlik tizimi qismlari, xususan, spidometrlar, eşik tutqiçlari, eşik va öt oldiriş tizimi qulflari hamda avtomobil soatlarini işlab çiqarmoqda.

Korxonaning yillik işlab çiqariş quvvati 250 ming komplekt avtomobil tarkibiy qismlarini işlab çiqarişga teng. 2014 yil oxiriga qadar korxona 220 ming AQŞ dollariga teng mahsulotlarni eksport qilgan.