Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov Ukraina boş vaziri Arseniy Yatsenyukning 1990-yillarda Çeçenistondagi uruşda qatnaşganidan bexabarligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Men Yatsenyukni jangçi deb hisoblamayman, u uruşga balki qodirdir, lekin men uni erkak hisoblamayman. U haqiqiy “olimtoy”. Agar u jangçi bölsa va qayerdadir jang qilgan bölsa, unda men bu borada heç narsa tuşunmas ekanman”, deb ta'kidlab ötdi Qodirov.

Çeçeniston rahbari Yatsenyuk bilan heç qaçon uçraşmaganini va uning uruş vaqtida Çeçenistonda bölgani haqida ma'lumotga ega emasligini qöşimça qildi.

Avvalroq Rossiya Tergov qömitasi boşliği Aleksandr Bastrikin Ukraina boş vaziri Arseniy Yatsenyuk 1990-yillar örtalarida Rossiya qurolli kuçlariga qarşi Çeçenistondagi uruşda jazolaş otryadi tarkibida jang qilgani haqida ma'lumotlarga ega ekanligini aytgan edi.

Yatsenyukning özi bu ma'lumotni “klinik taşxis” deb atadi.