11 sentabr kuni IEG UZBEKISTAN körgazmalar kompaniyasi tomonidan UzEnergyExpo-Energetika hamda UzStroyExpo-Quriliş xalqaro körgazmalarining oçilişiga doir matbuot anjumani taşkil etildi.
«Özekspomarkaz» MKK AJ 1-pavilonida bölib ötadigan mazkur xalqaro sanoat körgazmalarida bu yil Belarus, Germaniya, Italiya, Eron, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Özbekiston, Ukraina, Janubiy Koreyadan 60 dan ziyod kompaniyalar iştirok etadi.
UzEnergyExpo-2015. Energetika. Energiyani tejaş. Yoritiş. Elektrotexnika X- Xalqaro körgazmasida taşrif buyuruvçilar e'tiboriga elektr energetikasi sohasi uçun eng zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va xizmatlarning töliq kölami taqdim qilinadi.
Körgazmada xalqaro va mahalliy energetika kompaniyalari; elektr energiyasi uskunalari, texnologiyalar va xizmatlarning xalqaro işlab çiqaruvçilari va yetkazib beruvçilari; energetika obektlarida servis xizmat körsatişni taqdim qiluvçi korxonalar; injiniring va konsalting kompaniyalari iştirok etadi.
UzStroyExpo-2015. Quriliş. Isitiş. Ventilyatsiya. Quvurlar va fitinglar V-Xalqaro körgazmasi quriliş sanoatida hozirgi iqtisodiy vaziyat bilan boğlangan mutlaqo özgaça mavqeini kasb etadi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Özbekistonning quriliş materiallari sanoati korxonalari tomonidan 2,11 trln. sömlik mahsulot işlab çiqarilgan bölib, bu körsatkiç 2014 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 11,3 foizga köpdir.
Özbekiston Davlat statistika qömitasining xabar berişiça, tarmoqning respublika sanoat işlab çiqariş umumiy hajmidagi soliştirma uluşi 5,2 foizni taşkil qiladi.
Oldingi yilning şu davriga nisbatan respublikaning yirik korxonalari tomonidan quyidagi mahsulot turlarini işlab çiqariş oşgan: şağal (+8,6 foizga), qum (+9,8 foizga), portlandsement (+12,6 foizga), marmar, travertin, alebastr va ulardan buyumlar (+33,5 foizga).
Şu bilan birga, gips (+7,7 foizga), ohak (+34,9 foizga), beton (2,8 marta), quriliş qotişmalari va aralaşmalari (3,6 marta) işlab çiqarilişi oşgan. Yuqorida sanab ötilgan quriliş materiallari bilan birga ötga çidamli bölmagan tom yopiş çerepitsasi (+5,6 foizga), ötga çidamli bölmagan keramik quriliş ğiştlar (+15,9 foizga), tolali sementdan işlangan buyumlar (+17,7 foizga), alyumindan işlangan eşik, deraza va romlar (+55,5 foizga) işlab çiqarilişi ham köpaygan.
Bu yili UzStroyExpo körgazmasi işlab çiqarilayotgan mahsulot böyiça iştirokçilarning keng tarkibiga ega.






