11 sentabr kuni Saudiya Arabistonining Makka şahridagi Al-Harom masjidi ustiga hududda davom etayotgan kuçli şamol tufayli quriliş krani qulab tuşdi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, uşbu fojia oqibatida 107 kişi halok bölgan va 238 kişi jarohatlangan.

Uşbu voqea guvohlari bölgan önlab kişilar kranning masjid ustiga qulaşi jarayonini tasvirga olişgan va internetga joylaştirişgan.

Ma'lumot uçun, Haj safarining Makka va Madinadagi muqaddas qadamjolarda ado etiladigan asosiy marosimlari 21-26 sentabrda bölib ötadi.

Haj ziyorati bu yil 23 sentabr kuni nişonlanişi belgilangan musulmon ahlining asosiy bayramlaridan biri – Iyd Al-Adhning nişonlanişi bilan öz nihoyasiga yetadi.