Saudiya Arabistonida Makkada haj paytida quriliş krani qulaşi oqibatida kamida 52 kişi halok böldi va 30 kişi jarohat oldi. Bunday ma'lumotlarni mamlakat fuqarolik mudofaasi vakiliga iqtibos keltirgan holda “Al-Arabiya” telekanali keltirib ötdi. 

Fojia al-Harom masjidida yuz berdi. Qurbonlardan köpini haj amalini ado etgani kelgan ziyoratçilar taşkil qildi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, quriliş kranining ağdarilişiga kuçli şamollar sabab bölgan. Ayni paytda Makka va qirollikning bir qator şaharlarida kuçli böron kuzatilmoqda.

Al-Masjid al-Harom masjidida islom dinining boş qadamjosi – Ka'ba saqlanadi. 
Saudiya Arabistoni bu masjidda ikki yildan beri katta miqyosdagi rekonstruksiya işlarini olib bormoqda.

Haj safarining Makka va Madinadagi muqaddas qadamjolarda ado etiladigan asosiy marosimlari 21-26 sentyarbda bölib ötadi. Haj ziyorati bu yil 23 sentabr kuni nişonlanişi belgilangan musulmon ahlining asosiy bayramlaridan biri – Iyd Al-Adhning nişonlanişi bilan öz nihoyasiga yetadi.