Ukrainaning Odessa viloyati ma'muriyati boşliği Mixail Saakaşvili Ukraina yalpi içki mahsulot hajmining 184 mlrd dollardan 115 mlrd dollargaça tuşib ketişini tanqid ostiga oldi.
Uning aytişiça, rivojlanişning hozirgi sur'atlarida Ukrainada avvalgi prezident Viktor Yanukoviç paytidagi holatga qaytiş uçun 15 yil kerak böladi. Bu haqda 12 sentabrda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.
Siyosatçi Ukrainaning jon boşiga YaIM körsatkiçini “Ukrainani qançalik hurmat qilmasin, Gabondagidek” ekanligini aytib ötdi.
“Yaşirin iqtisodiyot hozirgi hukumatning oxirgi 1,5 yil içidagi faoliyati davomida 32 foizdan 47 foizgaça kötarilib ketdi”, deb aytdi Saakaşvili xalqaro taşkilotlar ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda “Şuster-Live” telekörsatuvida.
Gruziyaning sobiq prezidenti mamlakat 53ta bankning yopilişi oqibatida 18,5 mlrd dollar yöqotganini aytib ötdi. U mamlakat iqtisodiyotini tiklaş uçun keskin islohotlar qabul qilişga çaqirdi.
3 sentabrda Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning rasmiy saytida Saakaşvilini Ukraina boş vaziri qilib tayinlaşga imzolar töplanişi boşlandi. U 90 kun davom etadi. Saakaşvilining özi bu lavozimni egallaşni rejalaştirmayotganini iddao qilmoqda, biroq şu bilan birga amaldagi boş vazir Arseniy Yatsenyukni qattiq tanqid ostiga olib kelmoqda.






