"Tottenxem" jamoasining yangi xaridlaridan biri, janubiy koreyalik futbolçi Song Xyong Min yangi jamoasi özining aşaddiy raqibi "Arsenal" bilan naqadar keskin munosabatda bölişi haqida aytib ötdi.
"Tottenxem" jamoasi rahbariyatidagilar menga qizil rangdagi maşinalar sotib olmaslikni tavsiya qilişdi. "Arsenal" bilan öyinni intiqlik bilan kutmoqdaman.
Men maydonga çiqqanimda albatta gol urişni istayman. Barça hujumçilarning vazifasi gol uriş.
"Tottenxem" öziga xos hujumkor uslubda öynaydigan jamoa. Bu esa men uçun juda mos uslub. Öylaymanki, Maurisio Poçettino murabbiyligida men töpurar bölaman", deydi koreyalik hujumçi.
"Şporlar" özlarining prinsipial raqiblari bölmiş "kanonirlar" bilan 23 sentabr kuni Angliya liga Kubogi doirasida uy uçraşuvini ötkazişadi. Jamoalarning çempionatdagi töqnaşuvi esa 7 noyabr kuniga belgilangan.
Qayd etiş kerakki, "Tottenxem" yangi mavsumni köngildagidek boşlay olmadi. Ayni vaqtda jamoa 4 turdan keyin 3 oçko (3ta durang) bilan 16 örinda joylaşgan.
Ma'lumot uçun, "Tottenxem" uşbu futbolçini yozgi transferlar yakunlanayotgan kunlarda "Bayyer"dan 22 mln funt evaziga xarid qilgan hamda u bilan 5 yillik şartnoma imzolagandi. Futbolçiga 7 raqamli futbolka topşirilgan.






