Jahonning sobiq birinçi raketkasi, 34 yoşli Martina Xingis AQŞ oçiq çempionatining mikst bahslarida şerigi Leandr Payes bilan birgalikda ğolib böldi va özining mavsumdagi "Katta Dubulğa" turnirlari doirasidagi törtinçi sovriniga ega çiqdi.

Şu tariqa şveysariyalik tennisçi joriy yil davomida Payes bilan hamkorlikda Australian Open, «Uimbldon» va US Open turnirlarida zafar quçdi. U şuningdek, «Uimbldon» ayollar örtasidagi bahslarida şerigi Soniya Mirza bilan birganlikda ğalaba qozongandi.

U US Open turnirining ayollar örtasidagi bahslarida Soniya bilan birgalikda yarim finalga çiqqan. Uşbu juftlik Yaroslava Şvedovoy va Keysi Dellakuaga qarşi bahs olib borişadi.