Nuz.uz naşrida yozilişiça, ğarblik jurnalistlardan biri U.Yunker turizm mavzusidagi maqolasida Yer yuzidagi eng diqqatga sazovor joylardan biri sifatida Özbekistondagi şaharlarni keltirib ötgan.
"Yer yuzida qaçondir borib köriş kerak bölgan nuqtalar bor. Ayni vaqtda turizm sohasi haddan taşqari rivojlandi, aviakompaniyalar ösdi, kişilar ham badavlat bölib, istagan joyiga sayohat qilişlari mumkin bölib qoldi. Endi odamlar avvalgi avlod vakillaridan farqli ravişda osonlik bilan Yer yuzining u nuqtasidan bu nuqtasigaça kezib çiqişlari mumkin", deb yoziladi maqolada.
"21 asr odami oldida bir masala köndalang turadi: Namibiya qirğoqlaridagi qumlarda quyoş taftidan bahra olgan yaxşimi yoki Galapagos orollarida dengiz şerlarini tomoşa qilişmi? Yoki Myanmaning u 4 tomonini aylanib çiqqan yaxşiroqmi?
Biz sizga eng ma'qul variantlarni taklif qilamiz", deb davom etadi muallif.
U özining 10talik röyxatida Möğuliston, Madagaskar, Kanada, Efiopiya, Bangladeş, Salvador, Papua Yangi Gvineya, Meksika şimolidagi kanonlar hamda Frantsuz Polineziyasi qatorida Özbekiston va Markaziy Osiyo nomlarini sanagan.
U har bir hudud uçun izoh keltirgan.
Jumladan, u Özbekiston haqida şunday deydi: "Özbekiston qadimiy şaharlarga ega mamlakat. U yerda köplab imperiyalar hukm surgan va bu imperiyalardan ulkan madaniy meroslar saqlanib qolgan. Özbekistondagi Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlarini afsonaviy şaharlar sifatida bilişadi. Bu şaharlardagi obidalar va me'morçilik san'atining behisob namunalari kişini hayratga solişi tabiiy".
Şuningdek, maqola muallifi öz öquvçilariga Özbekistondagi an'analarni hurmat qilgan holda u yerga borgan sayyohlar özlarini odobli tutişlari maqsadga muvofiq bölişini eslatib ötgan.






