Minglab kaliforniyaliklar AQŞning şimoliy ştatlari böylab tarqalgan örmon yonğinlari tufayli öz uylarini tark etişga majbur bölişmoqda. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bergan.

Hududda davom etayotgan şamollar va issiq harorat yonğinning kuçayişi hamda kengroq tarqalişiga sabab bölmoqda. Ma'lumotlarga köra, yonğinga qarşi kuraş çoğida şu vaqtgaça 4 nafar öt öçiruvçi şikastlangan. Yuzlab uylar olov domida qolgan.

Xabar qilinişiça, AQŞ ğarbida şu yili röy bergan örmon yonğinlarini bartaraf qiliş işlari uçun sarflangan xarajat miqdori 1,23 mlrd dollardan oşib ketdi. Bu esa 2002 yildagi rekord natijaga (1,65 mlrd dollar) yaqin qolganini körsatadi.