“Vaşington Kepitals” va xokkey böyiça Rossiya terma jamoasining hujumçisi Aleksandr Oveçkin böydoqlik bilan xayrlaşişga qaror qildi. 

NHL va Rossiya xokkeyining yulduzi rossiyalik aktrisa Vera Glagolevaning qizi 22 yoşli Anastasiya Şubskayaga turmuşga çiqiş taklifini bildirdi. Va uning mahbubasi unga rozilik javobini berdi.

Qayd etilişiça, Oveçkin va Şubskaya öz munosabatlari haqida mart oyida e'lon qilgan edilar.

Oveçkin Şubskayagaça 3 yil davomida tennisçi Mariya Kirilenko bilan uçraşib yurgan va hattoki fotiha ham qilingan edi.