Venesuelalik kinoijodkorlar tomonidan işlangan "Olislardan" (Desde alla) nomli kartina Venetsiya kinofestivalining 72-mavsumida boş mukofot "Oltin şer" haykaliga sazovor deb topildi. Film rejissyori Lorentso Vigas mukofotni qabul qilib oldi.
Festival 2 sentabr kuni oçilgandi va yopiliş marosimi 12 sentabr kuni Lido orolidagi Kino saroyida bölib ötdi. Hakamlar hay'atiga meksikalik kinoşunos va rejissyor Alfonso Kuaron rahbarlik qildi.
Festivalda "Kumuş şer" mukofoti eng yaxşi rejissyorlik işi uçun argentinalik rejissyor Pablo Trapero tomonidan işlangan, kriminal drama yönalişidagi "Klan" (El Clan) filmiga topşirildi.
Eng yaxşi ssenariy uçun mukofotga esa fransiyalik rejissyor Kristian Vensan "Oq suvsar" (L'hermine) filmi bilan ega çiqdi.
Şuningdek, eng yaxşi akrtisa sifatida italiyalik Valeriya Golino "Sening sevging uçun" (Per amor vostro) filmidagi roli orqali sovrindor böldi.
Fransiyalik Fabris Lukini esa "Oq suvsar" roli uçun "Eng yaxşi erkak aktyor" nominatsiyasi böyiça taqdirlandi.
Hakamlar Çarli Kaufman va Dyuk Jonsonni "Anomaliza" kartinasi uçun "Eng yaxşi animatsion film" yönalişida mukofotlaşdi.
Turkiyalik rejissyor Emin Elper "Aqlsizlik" filmi uçun hakamlarning maxsus mukofotiga loyiq körildi.






