BMTning Liviyadagi inqirozni tartibga soliş böyiça maxsus vakilining ma'lum qilişiça, Marokaşda bölib ötgan muzokaralarda mamlakatdagi ikkita duşman hukumat vakillari siyosiy kelişuvning asosiy pozitsiyalari böyiça kelişuvga erişdilar.
Tafsilotlar keltirilmagan, biroq reja ikkala parlament tomonidan ma'qullanişi kerak.
BMT vakili siyosiy kelişuv keyingi haftadayoq imzolanişi mumkinligiga umid bildirdi.
Biroq ma'lumotlarga köra, Marokaşdagi muzokaralarda Liviyadagi nufuzli qurollangan guruhlar iştirok etmagan, ularning ma'qullovisiz esa istalgan kelişuvlarni hayotga tatbiq qiliş qiyin böladi.






