Amerikaning Luiziana ştatidagi Sentral şahrida bölib ötayotgan bazm fojia bilan yakunlandi. Mahalliy hukumat vakillarining xabar berişiça, mehmonlardan biri uç kişini otib öldirib, söngra öz joniga qasd qilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, bazmga amerika futbolini tomoşa qiliş va musiqa eşitiş uçun jam bölişgan. Erkaklar örtasida vujudga kelgan bahs uruş-janjalga aylanib ketgan. Qatnaşçilardan biri – 60 yoşli Rodni Kemin öq otib, uç kişining umriga zomin bölgan. Şundan söng öz joniga ham kasd qilgan.
OAV ma'lumotlariga köra, mehmonlar örtasidagi kelişmovçilikka musiqa sabab bölgan. Kemin tomonidan öldirilganlar aka-ukalar ekani aytilmoqda.






