FIFA prezidenti poraxörlik bilan boğliq yana bir mojaro markazida qolmoqda.
Şveytsariyadagi SRF telekanalida aytilişiça, 79 yoşli futbol amaldori FIFAning sobiq vitse-prezidenti va KONKAKAFning sobiq rahbari Jyek Uornerga JÇ-2010 va JÇ-2014 öyinlarini translyatsiya qiliş huquqini 600 ming dollarga sotib yuborgan.
Manbaning ma'lum qilişiça, bu bozordagi asl narxlarning 5 foiziga teng hisoblanadi.
Biroz oldinroq, Uorner JARga 2010 yilgi mundial mezbonligi berilişidan tuşgan 10 mln dollarlik daromadning 1,6 mln dollarlik qismini öz şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborgani aniqlangandi.
Eslatib ötamiz, şu yilning may oyi oxirida FIFA tizimida poraxörlik holatlari aniqlangaç, amaldagi prezident Yozef Blatter öz lavozimini muddatidan oldinroq tark etişi haqida ma'lum qilgandi.






